
SPORTS.uz "Bunyodkor" klubi tomonidan o‘tkaziladigan taqdirlash marosimini translyatsiya qiladi
14 dekabr kuni “Bunyodkor” akademiyasi tarbiyalanuvchilarini katta tantanali marosim kutmoqda.
Poytaxtimizdagi “Yoshlar ijod saroyi”da “Bunyodkor” futbol klubi akademiyasi tarbiyalanuvchilarining 2021 yilgi futbol mavsumi yakunlariga bag‘ishlangan tantanali taqdirlash tadbiri bo‘lib o‘tadi. Marosimda bu yil o‘z rasmiy musobaqalarida eng yuqori o‘rinlarni egallagan jamoalar taqdirlanadi. Ushbu marosim soat 15:00da boshlanadi.
Yosh futbolchilarni tabriklagani futbolimizning taniqli namoyondalari, legionerlar, “Bunyodkor” akademiyasidan etishib chiqqan bir qancha mashhurlar, el suygan san’atkorlar, dunyoga dong‘i ketgan chempion bokschilarimiz va boshqalar tashrif buyuradilar.
Bayramga akademiyaning barcha uch – “A”, “V” va “S” toifalardagi guruhlar a’zolari taklif etiladilar. Bolalar bemalol hatto ota-onalari bilan birga kelishlari ham mumkin.
Ushbu marosim SPORTS.uz sayti tomonidan jonli efirda translyatsiya qilinadi!!!
Fikrlar