
SPORTS.uz Belgrad-2021: O‘zbekistonlik bokschi ringga chiqadigan "Shtark" arena qay holatda? (Fotoreportaj)
Bugundan Serbiyaning Belgrad shahrida boks bo‘yicha erkaklar o‘rtasida jahon chempionati start oladi. Ushbu musobaqada o‘zbekistonlik charm qo‘lqop ustalari ham ishtirok etishadi.
Dastlab, Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jaev (-67 kg) jang o‘tkazadi. U irlandiyalik Brendan Makkiviga qarshi ringga ko‘tariladi.
Bu kun tartibidan o‘rin olgan 7-jang hisoblanadi. Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jaevning jangi Toshkent vaqti bilan 21:00da boshlanadigan seansga belgilangan. Bu taxminan soat 22:20dan keyin boshlanadi.
Janglar bo‘lib o‘tadigan "Shtark" arenada musobaqaga tayyorgarlik jarayonlari ketmoqda. Ushbu arena 20 mingga yaqin muxlisni o‘z bag‘riga sig‘dira oladi.
Quyida "Shtark" arenaning ayni paytdagi holati bilan tanishishingiz mumkin:


















Fikrlar