SPORTS.uz Belgrad-2021. Lazizbek Mullajonov angliyalik bokschini mag‘lub etib, chorak finalga yo‘l oldi. Uning raqibi ma’lum

  • 31 oktabr, 2021, 20:20
  • Bekzod Isayev
  • 1
  • Boks
CHERY AUTO

Serbiyaning Belgrad shahrida boks bo‘yicha erkaklar o‘rtasidagi jahon chempionati davom etmoqda. 

Tecno

Bir necha daqiqadan so‘ng Lazizbek Mullajonov (+92 kg) nimchorak finalda angliyalik Orie Delisiosga to‘qnash keladi. Jang Toshkent vaqti bilan taxminan 20:05dan keyin boshlanadi (A ringda).

Bokschilar ringga chiqib kelmoqda. Hamyurtimiz ko‘k formada harakat qiladi, uning raqibi esa qizil libosda jang o‘tkazadi.

Birinchi raund boshlandi.

Dastlabki daqiqalarda vakilimiz chap qo‘lda ikki bor zarba berdi va o‘zi ham mosuvo qolmadi.

Lazizbekning chap qo‘lda kuchli zarbasi borligini ko‘pchilik yaxshi biladi. Shuning uchun u bu ustunlikdan foydalanishga urinmoqda. Ikkilik zarbalar bermoqda Mullajonov. Biroq raqibi ham qarshi zarbalar bilan kutib olyapti. Birinchi raund bizning foydamizga 5:0.

Birinchi raund yakunlandi.

Ikkinchi raund boshlandi.

Ilk raundda katta ustunlikka erishgan Lazizbek raqibini kutmoqda. Ortiqcha harakat og‘ir vazndagi bokschilarga qimmatga tushishi mumkin.

Lazizbek Mullajonov ketma-ket zarbalar bilan raqibni qiyin ahvolga solishga urinyapti. Vakilimizning zarbalari aniq chiqmoqda. Raundning oxirida hamyurtimiz aniq zarba berdi va o‘zi ham shunday zarba qabul qilib oldi. Ikkinchi raund ham bizning foydamizga 4:1.

Ikkinchi raund yakunlandi.

Uchinchi raund boshlandi.

Bokschimiz aniq harakatlarni davom ettirmoqda. Ochiq jangga aylanib ketdi. Ketma-ket zarbalar yo‘llanmoqda ikki bokschi tomonidan ham.

Jang yakunlandi. Hakamlarning qaroriga ko‘ra Lazizbek Mullajonov g‘alaba qozondi 5:0 va u chorak finalga yo‘l oldi.

Endi hamyurtimiz 2 noyabr kuni chorak finalda armanistonlik Chaloyan Davitga to‘qnash keladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Бухорий Шариф
31/10/2021 20:34
Маладес Омадингни берсин Лазиз олғаааа боссссс....