
SPORTS.uz insayd: Shohjahon Ergashev va Sabriel Matias chempionlik jangi sanasi bo‘yicha ma’lumot
Professional boksning super engil vazn toifasida (63,5 kg) IBF chempionlik kamari egasi Sabriel Matias va Shohjahon Ergashev jangi bo‘yicha muzokaralar olib borilmoqda.
SPORTS.uz sayti manbalari xabar berishicha, mazkur bahs 14 oktyabr kuni Minnesota shahrida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilmoqda.
Avvalroq, mazkur jangni tashkil etish xuquqini TGB Promotions kompaniyasi 510 ming dollar evaziga qo‘lga kiritgani haqida ma’lumot bergan edik. Ushbu mablag‘ning 70 foizi Matiasga, 30 foizi da’vogar Ergashevga gonorar sifatida beriladi.
Fikrlar