
Sport markazida selektsiya ishlari alohida e’tiborda
Chirchiq Olimpiya va Paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazida bugun sportchi-o‘quvchilarni o‘zlari tanlagan sport turlari bilan muntazam mashg‘ulotlarga kirishishlari uchun etarlicha shart-shart sharoitlar muhayyo qilingan. Ushbu sport maskanida ayniqsa, so‘ngi yillarda bunyod etilgan eng so‘nggi rusumdagi sport inshootlarining bunyod etilayotgani yoshlarni professional sportchi bo‘lib etishiga xizmat qilmoqda.
O‘z vaqtida Olimpiya o‘yinlari g‘olib va sovrindorlarini, jahon va Osiyo chempionlarini tayyorlab, katta sportga etaklagan va bu an’anani davom ettirayotgan mazkur markazning direktori Ravshan Gafurov boshchilidagi mahoratli mutaxassis-trenerlari esa iqtidorli yoshlarni izlab topish, ya’ni selektsiya ishlariga alohida e’tibor qaratishgan. Shu maqsadda markazning bir guruh mutaxassislari joriy yilning 1-2 may kunlari Toshkent viloyatining Bekobod, Bo‘ka va Yuqorichirchiq tumanlaridagi sport maktablarida bo‘lishdi.
Toshkent viloyati yoshlar siyosati va sport bosh boshqarmasi hamda Chirchiq olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi tomonidan tasdiqlangan dastur-rejaga muvofiq o‘tkazilgan ushbu uchrashuvlarda markazning sport ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari Sherali Nasirov rahbarligidagi ishchi guruh-katta instruktor-metodisti A. Mustafoev, instruktor-metodistlar S. Saribaev, M. Xamidov va sport psixologi D. Jumanovlar yosh sportchilar va ularning ota-onalari bilan davra suhbati o‘tkazib, markazda tashkil etilgan sport turlari va yaratilgan sharoitlar xususida atroflicha ma’lumotlar berishdi. O‘zaro savol javob tarzida o‘tgan qizg‘in suhbat yakunida yosh sportchilar uchun markazda mavjud keng imkoniyatlar aks etgan va ma’lumotlar kiritilgan bukletlar tarqatildi.
Fikrlar