Sport kurashlari. Jasmina Immaeva Osiyo chempionatining kumush medalini qo‘lga kiritdi

CHERY AUTO

Sport kurashlari bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi Qozog‘istonda o‘tayotgan Osiyo chempionatining uchinchi kunida yana bir medalga sazovor bo‘ldi.

Tecno

O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmatining xabar berishicha, -50 kg vazn toifasida ishtirok etgan hamyurtimiz Jasmina Immaeva kumush medal sohibiga aylandi.

Yurtdoshimiz finalda yaponiyalik jahon chempioni Remina Yashimoto bilan bellashdi. Afsuski, bahs kunchiqar yurt vakilining g‘alabasi bilan yakunlandi va Immaeva ikkinchi o‘rin bilan cheklandi. Bu kurashchimiz uchun qit’a birinchiligidagi uchinchi medal bo‘ldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!