Sport kurashlari. Bugun 5 nafar vakilimiz Parij-2024 Olimpiya o‘yinlari yo‘lida gilamga chiqadi

BEPUL PROPAN

Vengriyada sport kurashlari bo‘yicha xalqaro reyting turniri davom etmoqda. O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati tarqatgan xabarga ko‘ra, bugun erkin va ayollar kurashi bo‘yicha bir qator vazn toifalaridagi bahslar o‘tkaziladi. Unda O‘zbekiston terma jamoasining 5 nafar a’zosi medallar uchun kurashadi. Ularning ilk raqiblari bilan tanishing:

-74 kg: Bekzod Abdurahmonov – Adam Tomson (Kanada)
-74 kg: Razambek Jamalov – Chir Montero (Venesuela)
-86 kg: Bobur Islomov – Jeyden Lourens (Avstraliya)
-50 kg: Aktenge Keunimjaeva – Audrey Ximenez (AQSh) / Nadejda Sokolova (Neytral sportchi)
-53 kg: Sahibjamal Esbo‘sinova – Antim (Hindiston)

Afsuski, birinchi kun doirasida o‘tgan bellashuvlarda G‘ulomjon Abdullaev (-57 kg) va Umidjon Jalolov (-65 kg) shohsupaga ko‘tarila olishmadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!