
"Spartak"ga kerak bo‘lmay qolgan Oston O‘runov uchun asosiy da’vogar ma’lum. Jamoa hamyurtimizga o‘yin amaliyoti berishga tayyor
Rossiyaning "Spartak" klubi Premer-liganing ikkinchi davrasi uchun Oston O‘runovni qaydnomadan chiqardi.
Hamyurtimizni o‘z safiga qo‘shib oladigan jamoa topildi. "Ufa" klubi Ostonni ijaraga olishga tayyor. Bu borada O‘runovning sobiq jamoasi moskvaliklarga allaqachon so‘rov yubordi.
"Ufa" yarim himoyachining maoshini 100% to‘lashga va uni o‘yin amaliyoti bilan ta’minlashga tayyor, - deya xabar berdi RIA Novostiga Boshqirdiston klubi rahbariyati.
Fikrlar