
"Spartak" Ronalduni "troll" qildi (Foto)
Moskvaning "Spartak" jamoasi Krishtianu Ronalduning jamoasini o‘zgartirishi haqida xazil qildi. Avvalroq, portugaliyalik futbolchi "Manchester Yunayted"ni tark etishi aytilayotgandi.
Xazil mazmuniga ko‘ra, 37 yoshli goleador rus klubiga yaqinlashishga harakat qiladi, jamoa esa u bilan gaplashmaslikni afzal ko‘radi. Uning salomiga "Spartak" quyidagicha javob qaytaradi: "Yo‘q".
Qayd etish lozim, ayni vaqtda Krishtianuni o‘z safiga qo‘shib olish uchun "Roma" va "Chelsi" kurash olib bormoqda. U EChLda o‘ynaydigan jamoa safiga borishni istayotganini inobatga olsak, "aristokratlar" u uchun asosiy da’vogar hisoblanadi.
Fikrlar