“Spartak” O‘runovning o‘rniga oladigan legioner kimligi ma’lum bo‘ldi

  • 6 dekabr, 2020, 07:30
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Rossiya premer-ligasida legionerlarga cheklov borligi ma’lum. Unga ko‘ra, bir klub sakkiz nafardan ortiq xorijlik futbolchini ro‘yxatdan o‘tkaza olmaydi.

Tecno

“Spartak”ning o‘zbekistonlik legioneri Oston O‘runov qishki transferlar mavsumida Moskva klubini tark etishi kutilmoqda. Ayni paytda hamyurtimizga bir necha klub qiziqish bildirgan. Xususan, “Rubin” rahbariyati “Spartak”ga O‘runov bo‘yicha aniq taklif berdi.

O‘z navbatida, “Spartak”ning yangi sport direktori Dmitriy Popov O‘runovdan bo‘shaydigan legioner o‘rniga tarkibni kuchaytiradigan xorijlik o‘yinchi olishga harakat qilyapti.

“Spartak” bu o‘ringa “Arsenal” himoyachisi Shkodran Mustafini olib kelishni istayapti. London klubidan ketish arafasida turgan germaniyalik futbolchining o‘zi ham yangi ish joyi qidirayotgani ma’lum. "Spartak" bosh murabbiyi Domeniko Tedesko katta tajribaga ega hamyurtini Moskvada kutib olishga qarshi bo‘lmasa kerak.

“Spartak” va “Arsenal” tez kunlarda Mustafi transferi bo‘yicha muzokara boshlaydi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!