"Sosedad"ga qarshi o‘yinda "Real"ning 30 o‘yinlik seriyasi yakunlandi

  • 30 yanvar, 2023, 17:34
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Ispaniya La Ligasi 19-turidan o‘rin olgan bellashuvda "Real" Madrid "Real Sosedad" bilan golsiz durangga imzo chekdi.

Tecno

Shu tariqa, "qaymoqranglilar"ning joriy mavsum barcha turnirlardagi 30 o‘yindan iborat golli seriyasi nihoyasiga etdi. Anchelotti shogirdlari bundan oldingi 29 o‘yinning barchasida raqib darvozasini kamida bir marotaba ishg‘ol qilgandi.

E’tiborlisi, "qirollik klubi" san-sebastyanliklar posti tomon naqd 20 bor zarba yo‘lladi va Aleks Remiro shulardan ettitasini zararsizlantirdi.

Ma’lumot uchun, madridliklar navbatdagi bahsni Toshkent vaqti bilan 2-dan 3 fevralga o‘tar kechasi 01:00 da "Valensiya"ga qarshi o‘tkazadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!