
So‘nggi daqiqalarda katta sahnaga chiqadigan Halilov!
"Dinamo" Superliganing 16-turidan o‘rin olgan OKMKga qarshi o‘yinda 3:2 hisobida zafar quchdi. Uchrashuvdagi g‘alaba golini zaxiradan maydonga tushgan Xislat Halilov 90+6-daqiqada urib ketdi. Ajoyib texnikasini ishga solgan vinger jamoasiga muhim 3 ochkoni taqdim etdi.
Bu Halilovning ushbu mavsumdagi 3-goli hisoblanadi. Bundan oldin ham futbolchi so‘nggi daqiqalarda darvozani ishg‘ol qilgan. "Neftchi" bilan bo‘lib o‘tgan bahsda u 90+8-daqiqada o‘z nomini tabloga yozdirib qyo‘gandi. Shuningdek, "Mettalurg"ga qarshi bellashuvning 90+2-daqiqasida Xislat gol urib, jamoasining g‘alabasiga katta hissa qo‘shgan.
Halilov O‘zbekiston kubogi doirasida bo‘lib o‘tgan "Nasaf" bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda 90-daqiqadan keyin Abduvohid Ne’matovni ranjitgan.
Fikrlar