
Son Saudiya Arabistoniga yo‘l olishi mumkin
"Tottenxem" a’zosi Son Xin Min 2024 yilda Saudiya Arabistoni chempionatida to‘p tepishi mumkin. Ayni dam uning transferi uchun harakatlar boshlangan, deya xabar berdi "CBSSportsGolazo" nashri.
Sonning "shporlar" bilan amaldagi shartnomasi 2025 yilda o‘z nihoyasiga etadi. Mish-mishlarga ko‘ra, vingerning jamoada qolish ehtimoli past. Koreyalik futbolchiga ayni dam Evropadan takliflar kelib tushmagan.
Eslatib o‘tamiz, Min 2015 yilda "Leverkuzen"dan "Tottenxem"ga 30 million evro evaziga kelib qo‘shilgandi. Hozir uning "Transfermarket" portalidagi narxi 60 million evroga baholangan.
Fikrlar