Son faoliyatini Madridda davom ettirishi mumkin

  • 11 sentabr, 2024, 21:33
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Tottenxem” sardori Son Xin Min mavsum keying yozda klubini o‘zgartirishi mumkin. “Todo Fichajes” nashri xabar berishicha, koreyalik hujumchiga “Atletiko Madrid” jiddiy qiziqish bildirmoqda. Madrid klubi futbolchining vakillari bilan uchrashgan.

Tecno

Ispan grandidan tashqari Songa Saudiya klublari ham qiziqishmoqda. “Atletiko” Son mavsum yakunida jamoani tark etishi mumkin bo‘lgan Antuan Grizman o‘rniga xarid qilmoqchi. Frantsiyalik futbolchi katta ehtimol MLSga ketishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, janubiy koreyalik futbolchining “shporlar” bilan amaldagi shartnomasi 2025 yilning yozichaga belgilangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!