
"So‘g‘diyona"ga qarshi o‘yin oldidan jarohat olgan edim, biroq...", - Sherzod Nasrullaev "Nasaf" va terma jamoa haqida!
Avvalambor, assalomu alaykum. "Nasaf" mavsumni o‘zi uchun noqulay "So‘g‘diyona"ga qarshi o‘yin boshladi va munosib g‘alaba! O‘tgan yili aynan "So‘g‘diyona"ga qarshi bellashuv qiyin kechgani haqida aytgan edingiz. Bu jamoaning kuchayganini anglatadimi?
Va alaykum assalom! Shuni bemalol ayta olamanki, "Nasaf" jamoasi o‘tgan yilga nisbattan yanada kuchaydi. Buni birinchi turda ham ko‘rsatdik va "So‘g‘diyona" maglub qildik.
Biroq bu bahsda jarohat olib maydonni tark etdingiz. Hozirgi holatingiz qanday? Mashg‘ulotlarda qatnashyapsizmi? (Yakka holda yoki guruh bilan).
"So‘g‘diyona"ga qarshi uyindan ikki kun oldin jaroxat olgan edim. Shunga qaramasdan maydonga tushdim lekin og‘riq kuchayib ketdi. Afsuski jaroxatim avvalgiga nisbattan jiddilashib ketdi. Shifokorlar 10 kunda maydonga qaytishimni aytishdi. Hozir muolaja olish bilan bandman.
Umuman 2025 yilga tayyorgarlik qanday bo‘ldi?
Dastlab Qarshida, keyin esa Turkiyada yig‘in o‘tkazdik. Mavsumoldi yig‘inlar ajoyib tarzda bo‘lib o‘tdi. 2025 yilda oldimizga Superligada chempionlikni saqlab qolishni maqsad qilganmiz. Buning uchun yana bir bor maxoratimizni ishga solamiz.
Nima sabab "Nasaf"da qoldingiz? Legioner bo‘lish imkoniyatlari oldngizda bormidi?
Legioner bo‘lishim mumkin edi. Biroq yana bir bor "Nasaf"ni tanladim. Sababi rahbariyat va murabbiylar qolishimni xoxlashdi va ularning qarorini xurmat qilgan xolda qoldim. Bu mavsum ham ajoyib o‘yinlar bilan muxlislarni xursand qilmoqchimiz.
Bu mavsumda "Nasaf"ning asosiy maqsadi qanday? Bu yili jamoa Elit ligada ham ishtirok etadi.
Biz Elit ligasiga ham tayyormiz. Tarkibimizga yangi futbolchilar kelgan. Mavsum davomida ular bilan birga o‘ynab yanada bir-birimizni tushunib olamiz. Yangi musobaqada ham yaxshi natijalar va chiroyli uyinlarimizni muhlislarga taqdim qilamiz.
O‘zbekiston terma jamoasini oldinda juda ham muhim bahslar kutib turibdi. Bu o‘yinlarda o‘zimiz uchun kerakli natijani qayd eta olamizmi?
Ha, albatta oldimizda qiyin uyinlar kutib turibti. 16 mart kuni yigilamiz va mashg‘ulotlarni boshlaymiz. Mana shu uchrashuvlarda borimizni berib, Uzbekiston uchun tarix yozishga harakat qilamiz.
Qirg‘iz Respublikasi, Eron, BAA va Qatar: Qaysi o‘yin eng qiyin bo‘ladi, deb o‘ylaysiz?
Hozir juda ham muhim palla. Barcha uyinlar qiyin bulishi aniq. Oson yutiladigan uyinning uzi bulmaydi. Chunki raqiblarimiz ham Jahon chempionatiga chiqishga harakat qiladi.
Oybek Yuldoshev suhbatlashdi.
Fikrlar