"So‘g‘diyona" yaqinda kelgan legioneri bilan shartnomani bekor qildi

  • 21 fevral, 11:58
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Jizzaxning "So‘g‘diyona" klubi yangi mavsum uchun selektsiya ishlarini olib borayotganini bilasiz. Yaqinda jamoa safiga legioner hujumchi qo‘shilgandi va shartnoma imzolangandi. Biroq kutilmaganda u bilan shartnoma bekor qilindi. Bunga jiddiy jarohat sabab bo‘lgan. Klub matbuot xizmati quyidagicha bayonot berdi:

Tecno

"Yangi mavsumga tayyorgarlik ko‘rayotgan «So‘g‘diyona» shvetsiyalik legioner Jon Junior Igbarumahni o‘z safiga qo‘shgan edi. Futbolchi qishki yig‘in davomida, Dubayda bo‘lib o‘tgan uchrashuvlardan birida jiddiy jarohat oldi.

Jamoamiz shifokorlari ta’kidlashicha, jarohatni tiklash uchun etti oy vaqt talab etiladi. Tiklanish jarayoni murakkab bo‘lgani sababli, klub va futbolchi o‘zaro kelishib, shartnomani bekor qilishdi va do‘stona xayrlashishdi.

So‘g‘diyona futbol klubi futbolchiga sog‘liq va kelajakdagi faoliyatida omad tilab qoladi", - deyiladi rasmiy xabarda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!