
"So‘g‘diyona yangi mavsum uchun tayyorgarlikni 10 yanvardan boshlaydi
"So‘g‘diyona klubi yangi mavsum uchun tayyorgarlikni 10 yanvardan boshlaydi. Jizzaxliklar dastlab Zominda mashg‘ulotlarga kirishadi va ushbu yig‘in 10 kun davom etadi. Bu haqda O‘zPFL xabar berdi.
Shundan so‘ng mashg‘ulotlar BAA (21—31-yanvar) hamda Turkiyada (1—25-fevral) olib borilishi rejalashtirilgan.
Fikrlar