
"So‘g‘diyona" navbatdagi transferni e’lon qildi
"So‘g‘diyona" yana bir himoyachi bilan kelishuvga erishdi. "Qizilqum" vakili Bobur Yo‘ldoshev bilan bir yillik shartnoma imzolandi.
Ma’lumot o‘rnida Bobur Yo‘ldoshev 1993 yilning 8 aprelida Farg‘ona shahrida tavallud topgan. Futbolchi bugungacha "Lokomotiv", "Neftchi", AGMK, "Qizilqum" jamoalari sharafini himoya qilgan.
"Qizilqum" tarkibida o‘tgan mavsum umumiy 21 uchrashuvda maydonga tushib, 1628 daqiqa maydonda harakat qilgan. Shundan 17 ta o‘yini Superliga bahslariga to‘g‘ri keladi(1258 daqiqa). O‘zbekiston kubogi doirasida 4 uchrashuvda maydonga tushib 1 ta gol hamda 1 ta golli uzatma amalga oshirgan.
Avvalroq, jizzaxliklar Sanjar Shoahmedov transferini e’lon qilgandi.
"So‘g‘diyona" matbuot xizmati
Fikrlar