
"So‘g‘diyona" himoyachisi jamoadan ketdi
O‘zbekistonda 2023 yilgi futbol mavsumi yakunlandi.
SPORTS.uz saytiga ma’lum bo‘lishicha, o‘tgan mavsumning yanvar oyidan buyon "So‘g‘diyona" sharafini himoya qilib kelyotgan futbolchi Muhammad Yuldoshev jamoani tark etdi. 24 yoshli chap qanot himoyachisi Jizzax klubi safiga qishki transferlar oynasida "Mash’al"dan kelib qo‘shilgan edi.
Ma’lumot uchun, joriy mavsum Yuldoshev Superligada 8 ta va O‘zbekiston kubogida bitta o‘yinda ishtirok etdi.
Fikrlar