"So‘g‘diyona" futbolchisi Vladimir Yovovich kelasi mavsumda qaysi klubda to‘p surishini bilasizmi?

  • 30 oktabr, 2024, 10:22
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Mavsum avvalida “So‘g‘diyona” tarkibiga qo‘shilgan chernogoriyalik yarim himoyachi Vladimir Yovovich klubini o‘zgartiradi.

Tecno

Sports.uz saytiga ma’lum bo‘lishicha, 30 yoshli yarim himoyachi kelasi mavsumni Farg‘onaning “Neftchi” jamoasida boshlaydigan bo‘ldi. Bu borada ikki tomon allaqachon kelishuvga erishgani ma’lum bo‘ldi. Agar qandaydir kutilmagan burilish bo‘lib qolmasa, Yovovich “Neftchi”da to‘p suradi.

Yaqinda “So‘g‘diyona” to‘purar legioneri Lyupcho Doriev bilan shartnoma uzaytirilganini rasman e’lon qilgandi. Shundan keyin ko‘pchilik Vladimir Yovovich bilan ham shartnoma uzaytirilishi haqida rasmiy xabar chiqishini kutishdi. Lekin bu xabar chiqmadi. Sababi esa futbolchi klubni o‘zgartirish bo‘yicha bir qarorga kelib bo‘lgan ekan. Hozirda Yovovich chempionatimizdagi eng yaxshi kam sonli legionerlardan biri hisoblanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!