
"So‘g‘diyona" bilan durang o‘ynagan "Lokomotiv" "xavfli hudud"dan chiqib olish imkoniyatini qo‘ldan chiqardi
O‘zbekiston Superligasi 25-turidan o‘rin olgan "So‘g‘diyona" - "Lokomotiv" uchrashuvi nihoyasiga etdi. Unda tomonlar 2:2 hisobidagi durangga imzo chekdi.
Toshkentliklar tarkibida Jerom Etame hamda Jaloliddin Jumaboev tomonidan kiritilgan gollarga mezbonlar safida Jasur Hasanov va Shohruz Norxonov javob qaytardi.
Shu tariqa, 13-o‘rindagi "temiryo‘lchilar" ochkolari sonini 21 taga etkazib oldi. Ehtimoliy g‘alaba Korostichenko shogirdlarini 12-pog‘onaga olib chiqishi mumkin edi. "Bo‘rilar" hisobida 34 ochko bor.
Fikrlar