
"So‘g‘diyona" Antaliyadagi o‘rtoqlik o‘yinida durang o‘ynadi
Turkiyaning Antaliya shahrida o‘quv-yig‘in mashg‘ulotlarini olib borayotgan “So‘g‘diyona” bugun Ukrainaning «Metallist» jamoasiga qarshi nazorat uchrashuvida maydonga tushdi.
Birinchi bo‘limda kuchli shamol sabab o‘yin biroz qiyin kechdi. Hisob ochilmadi. Ikkinchi bo‘limning 82-daqiqasida ukrainaliklar hisobni ochishga erishishdi. Oradan ko‘p vaqt o‘tmay Elyor Orifov hisobni tenglashtirishga erishdi. Shu tariqa, uchrashuv 1:1 hisobi bilan yakunlandi.
Nazorat uchrashuvi
“So‘g‘diyona” – “Metallist” – 1:1
Gollar: Kartushov, 82 – 0:1. Elyor Orifov, 84 – 1:1.
Fikrlar