
Sofiya Kenin Lionda chempion bo‘ldi
Amerikalik tennischi Sofiya Kenin Frantsiyaning Lion shahrida o‘tkazilgan xalqaro turnirning bosh sovrinini qo‘lga kiritdi.
Sofiya mazkur musobaqaning final bosqichida germaniyalik Anna-Lena Fridzamni uch setda, – 6:2, 4:6, 6:4 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.
Shu tariqa, "Open 6 Sens"ning bosh sovrinini qo‘lga kiritgan S.Kenin tashkilotchilar tomonidan 34,677 evro pul mukofoti va 280 reyting ochkosini qo‘lga kiritdi.
Fikrlar