Soboslai: Hamma bizni mag‘lub etishni xohlaydi

  • 31 oktabr, 2023, 19:55
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Liverpul" yarim himoyachisi Dominik Soboslai jamoaning joriy mavsumdagi o‘yini haqida gapirdi.

Tecno

“Hamma bizni mag‘lub etishni xohlaydi, lekin biz bunga tayyormiz. Oldimizga qo‘yilgan har qanday qiyinchilikni qabul qilishga shaymiz. Muvaffaqiyatli chiqishimizni davom ettirish niyatidamiz. Jamoa bor kuchini beradi. Qattiq ishlash kerak, keyin hammasi o‘zini oqlaydi", - deya futbolchining so‘zlarini keltiradi "qizillar" rasmiy sayti.

Ayni vaqtda "Liverpul" APL turnir jadvalida peshqadam "Tottenhem"dan 3 ochko ortda qolib, 4-o‘rinda bormoqda. Mersisaydliklar navbatdagi o‘yinini 1 noyabr kuni Liga kubogi doirasida safarda “Bornmut”ga qarshi o‘tkazadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!