Sobiq chempion: "Isroil Madrimov "Kanelo" Alvaresdan kuchliroq"

  • 18 yanvar, 19:18
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 1
  • Boks
CHERY AUTO

Ikki divizionning sobiq chempioni Pol Malinyaji amerikalik Terens Krouford (41-0, 31 KO) Isroil Madrimov(10-1-1)ga qarshi so‘nggi jangida o‘zini nega yaxshi ko‘rsata olmagani va arang g‘alaba qozonganini tushuntirdi. Malinyajining fikricha, bu Kroufordning yoshiga bog‘liq emas. Asl sabab Madrimovning juda yaxshi harakat qilganidadir.

Tecno

"Menimcha, Madrimov "Kanelo"dan kuchliroq bokschi. Alvares katta nomga ega bo‘lsa-da, uning hozirgi versiyasi Isroildan kuchli emas. O‘ylashimcha, Krouford Saulga qaraganda ancha mahoratli, biroq uning super  o‘rta vaznda g‘alaba qozonishiga ishona olmayapman" - dedi Pol "vRINGe.com" ga bergan intervyusida.

Eslatib o‘tamiz, Isroil Madrimov va Terens Krouford to‘qnashuvida amerikalik bokschi hakamlarning qaroriga ko‘ra g‘alaba qozongandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Baxil Alihuja
18/01/2025 20:38
жангни Мадримов ютганди, теренс номи хисобига хакамлар куллаворишди