Snuker bo‘yicha faxriylar o‘rtasida birinchi O‘zbekiston chempionati bo‘lib o‘tdi

  • 10 dekabr, 17:10
  • Muhammadqodir Ruzmatov
  • 0
  • Boshqalar
CHERY AUTO

Joriy yilning 8-9 dekabr kunlari O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni munosabati bilan Toshkentdagi "Star snooker" klubida snuker bo‘yicha faxriylar o‘rtasida birinchi O‘zbekiston chempionati bo‘lib o‘tdi.

Tecno

Faxriy sportchilar 4 kishidan iborat ikkita A va B guruhlarga bo‘lindi. Musobaqaning birinchi kunida guruh g‘oliblari aniqlandi

A guruhi etakchilari: 1. Mirzajonov Sardor; 2. Abdurasulov Boxodir.

B guruhi etakchilari: 1. Maxmudov Shavkat; 2, G‘ulomov Hasan. Ikkinchi kuni Mirzajonov S. - G‘ulomov X. va Mahmudov Sh. - Abdurasulov B. yarim final o‘yinlari bo‘lib o‘tdi.

Yakunda Sardor Mirzajonov va Shavkat Mahmudov finalga yo‘l oldi. S.Mirzajanov 2:0 hisobida g‘alaba qozondi. Bunday musobaqalarni Snooker Seniors Championship xalqaro formatida muntazam o‘tkazish to‘g‘risida qaror qabul qilindi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!