Slot: "Mening vazifam uning barqaror darajaga chiqishini ta’minlash"

  • 8 noyabr, 13:26
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Liverpul" bosh murabbiyi Arne Slot jamoa yarim himoyachisi Florian Virtsning o‘yini haqida gapirdi.

Tecno

"Bizda teng saviyadagi besh-oltita futbolchi bor. Ular bir-birlariga moslashishi uchun ko‘proq o‘yinlarda birga harakat qilishi kerak. Shuning uchun, o‘yinlarda yarim himoya chizig‘ida ko‘proq  o‘zgarishlar amalga oshiryapmiz. Virtsning jamoadoshlariga moslashishi uchun biroz vaqt kerak. Sheriklariga esa unga moslashishi uchun vaqt kerak. Lekin shuni aniq bilamanki,u hozir bo‘lmasa ham ertaga albatta o‘zining eng ajoyib o‘yinlarini ko‘rsatadi. Unda yaxshigina iqtidor bor. Men uchun asosiy vazifa - uning barqaror darajaga chiqishi uchun imkoniyatlar yaratib berish", - dedi niderlandiyalik mutaxassis. 

Ma’lumot uchun, germaniyalik futbolchi joriy mavsum barcha turnirlarda umumiy 15 ta uchrashuvda maydonga tushib, 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!