
Skoulz MYu rahbariyatiga tekin maslhat berdi
Pol Skoulz "Manchester Yunayted" rahbariyatiga "Lester" himoyachisi Uesli Fofanani xarid qilishni maslahat berdi.
"Agar men Ole bo‘lganimda va shu oy himoyachi xarid qilish kerak bo‘lsa, "Lester" himoyachisi Uesli Fofana bilan shartnoma imzolardim. U endigina 20 yoshda. Uesli ajoyib o‘yin ko‘rsatmoqda, unda barcha kuchli jihatlar jam bo‘lgan. "Yunayted" bu mavsum himoyada yomon o‘ynamayapti, biroq katta jamoalarga qarshi o‘yinlarda xatolar ko‘zga ko‘rindi. Bu ular hal etishi kerak bo‘lgan yana bir muammo", - dedi Skoulz.
Fofana yozgi transfer vaqtida "Lester"ga "Sent-Eten"dan kelib qo‘shilgandi. Joriy mavsum himoyachi 12ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 1ta assist yozdirib qo‘ydi.
Fikrlar