
“Siti”da Xolanddan zo‘r futbolchi bor!
“Manchester Siti” tarixida eng ko‘p gol urgan argentinalik hujumchi Serxio Aguero hozirgi paytda Xosep Gvardiola qo‘l ostida o‘ynayotgan eng zo‘r futbolchi kim ekanini aytdi.
- Men Fil Fodenga u endigina asosiy tarkib bilan shug‘ullana boshlaganida, ya’ni 16 yasharligida e’tibor qaratganman. O‘shandayoq bu yosh bola Angliya Premer-ligasida porlashi mumkinligi ma’lum edi.
Filning kelajagi yanada porloq bo‘lishiga aminman. Men uni ayni paytda jamoadagi eng mukammal o‘yinchi, deb bilaman, - dedi Serxio Aguero.
Fil Foden yakunlangan mavsumda barcha musobaqalarda 53 marotaba maydonga tushib, 27 ta gol va 12 ta assist muallifi bo‘ldi.
Fikrlar