“Siti” va “Chelsi” 100 mln funtli transferni talashmoqda

  • 23 avgust, 2021, 17:40
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Katta transferlarga qo‘nikib qolgan “Chelsi” anchadan beri “Vest Xem” yarim himoyachisi Deklan Raysni o‘z tarkibida ko‘rishni orzu qilmoqda.

Tecno

“Vest Xem” iste’dodli futbolchisi transfer summasini 100 million funtga ko‘targaniga qaramay, Rays uchun “Manchester Siti” ham da’vogarlik qila boshladi.

Har ikki klub ham Raysni yakunlanib borayotgan yozgi transferlar vaqtida qo‘lga kirita olmaydi. Shu bois, supertransfer kelasi yili yozda amalga oshirilishi kutilmoqda. Xususan, “Manchester Siti” mavsum oxirida Fernandinoning shartnomasi tugaganidan keyin uning o‘rniga “Vest Xem” etakchisini olib kelmoqchi.

Deklan Raysning o‘zi “Chelsi”da to‘p tepishni istayapti.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!