
"Siti", MYu va "Bavariya" "Sautgempton" futbolchisiga xaridar. "Avliyolar" so‘rayotgan summa esa dahshatli
Tayler Diblingga bir qator grand klublar qiziqiz bildirmoqda.
"The Telegraph" nashri xabariga ko‘ra, "Manchester Siti", "Manchester Yunayted", "Bavariya" va "Leyptsig" "Sautgempton" vingerini jiddiy kuzatib bormoqda.
19 yoshli futbolchi ayni vaqtda "Tottenxem"ning asosiy transfer maqsadi sifatida ko‘rilmoqda va qishdayoq "avliyolar" bilan ushbu transfer masalasida muzokara olib borgan.
O‘z navbatida "Sautgempton" Diblingli eng yaxshi yosh futbolchilardan biri sifatida biladi hamda u uchun 100 million funtdan ko‘proq pul talab qilmoqda.
Taylor joriy mavsum APL doirasida 2 ta gol urishga muvaffaq bo‘lgan.
Fikrlar