
Simeone Messini ilk bor “tiz cho‘ktirdi”.
La Liga 10-turining markaziy uchrashuvida “Atletiko” o‘z maydonida “Barselona” ustidan 1:0 hisobida zafar quchdi.
Statistika mutaxassislarining ma’lumot berishicha, madridliklar bosh murabbiyi Diego Simeone Ispaniya chempionati doirasida raqib safida Lionel Messi o‘ynagan uchrashuvda ilk marotaba g‘alaba qozondi.
Bungacha argentinalik mutaxassis shogirdlari safida Messi o‘ynagan “Barselona”ni o‘n ettita bahs davomida mag‘lub eta olmagan. 11 ta uchrashuvda kataloniyaliklarning qo‘li baland kelgan va oltita bellashuvda kuchlar teng kelgan.
Eslatib o‘tamiz, yuqoridagi statistika faqat La Ligaga tegishli bo‘lib, “Atletiko” Evropa Chempionlar ligasi va Ispaniya Superkubogi uchrashuvlarida Messi o‘ynagan o‘yinlarda ham g‘alabaga erishgan.
Fikrlar