
Simeone "Atletiko"dan ketmaydi
Diego Simeone “Atletiko” bosh murabbiyi lavozimini tark etishni rejalashtirmayapti.
Marca nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, garchi jamoa Ispaniya kubogida 3-divizion klubiga imkoniyatni boy berib qo‘ygan bo‘lsada, rahbariyat argentinalik mutaxassisga ishonch bildirishda davom etmoqchi. Simeonening o‘zi ham “Atletiko”dan ketmoqchi emas. Shu sababli, tomonlar 2022 yilga qadar tuzilgan amaldagi shartnomani uzaytirish bo‘yicha muzokaralar o‘tkazmoqda.
Bundan avvalroq, Simeone Argentina terma jamoasini boshqarishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi.
“Atletiko” 17 turdan so‘ng La Liga musobaqa jadvalida 38 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda.
Fikrlar