
Shuncha pulni tashlab ketmaymanku!
“Chelsi” markaziy himoyachisi Kalidu Kulibali Angliya futboliga moslasha olmadi. “Napoli”dagi o‘yinlari bilan Italiyaning eng zo‘r himoyachilaridan biri sifatida e’tirof etilgan senegallik futbolchi Angliya Premer-ligasida o‘zini ko‘rsata olmadi.
Endi “aristokratlar” bu muvaffaqiyatsiz transfer sohibidan tezroq qutilmoqchi. Bu haqda Evening Standard nashri xabar berdi. Unga ko‘ra, rahbariyat Kulibalini yozda tezroq sotib yubormoqchi.
Biroq, Kaliduning o‘zi katta maosh olayotgani bois klubdan ketishni istamayapti. Manbaning ta’kidlashicha, tajribali o‘yinchi haftasiga 200 ming funt maosh oladi.
Qiziq tomoni shundaki, “Napoli” Kulibali ketganidan keyin Italiya chempionligini qo‘lga kiritdi. “Chelsi”ga sovrinlar yutish uchun kelgan senegallik o‘yinchi Angliyada ham maqsadiga eta olmadi.
Fikrlar