Shumaxer faoliyatini Amerikada davom ettiradi
Rahal Letterman Lanigan Racing (RLL) 2026 yilda Amerikaning IndyCar seriyasida ishtirok etadigan sobiq Formula-1 poygachisi germaniyalik Mik Shumaxer bilan hamkorlikni e’lon qildi. Bu haqda jamoa matbuot xizmati xabar berdi. Shumaxer 47-raqamda harakat qiladi.
"Kelasi yili Rahal Letterman Lanigan Racing uchun IndyCar seriyasida butun mavsum davomida ishtirok etishimni tasdiqlashdan mamnunman. "Formula-1" va chidamlilik poygalaridagi tajribam menga hamkorlikka yordam berishiga ishonchim komil. RLL meni testlarda a’lo darajada tayyorladi, biz birgalikda ko‘p narsaga erisha olamiz", - deya yangilikka izoh berdi Shumaxer.
Ma’lumot o‘rnida, afsonaviy Mixael Shumaxerning o‘g‘li 2021-2022 yilgi mavsumlarda Fomula-1'dagi "Xaas" jamoasida faoliyat yuritdi. "Qirollik poygalari"dan so‘ng, Mik chidamlilik poygalarida "Alpin" sharafini himoya qildi.



Fikrlar