
Shukurovsiz o‘ynagan "Sharja" BAA kubogidan chiqib ketdi
Biroz avval, Birlashgan Arab Amirliklari kubogi doirasidagi "Al-Vasl" - "Sharja" uchrashuvi yakunlandi. O‘yin mezbonlarning 2:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.
Birinchi taymda Saleh Xabush hisobni ochgan bo‘lsa, 2-bo‘lim avvalida Figerido penaltidan oradagi farqni 2 taga etkazdi. G‘alabaga erishgan "Al-Vasl" yarim finalga yo‘l oldi va ushbu bosqichda "Ittixod Kalba"ga raqiblik qiladi.
Hamyurtimiz Otabek Shukurov ushbu bahs uchun e’lon qilingan qaydnomadan o‘rin olmadi.
Fikrlar