Shukurov Turkiya klubi bilan muzokaralar olib bormoqda

  • 26 yanvar, 2024, 21:27
  • Suhrob Xolbekov
  • 1
  • Futbol
BEPUL PROPAN

Terma jamoa bilan Qatarda bo‘lib o‘tayotgan Osiyo kubogida ishtirok etayotgan Otabek Shukurov turnir tugaganidan so‘ng yangi klubi bilan shartnoma imzolaydi. U katta ehtimol bilan Turkiyada qoladiganga o‘xshamoqda.

"Fanatik" nashri jurnalisti Burak O‘zdemir xabar berishicha, yarim himoyachi "Sivasspor" bilan muzokaralar olib bormoqda. Ushbu klub Turkiya chempionatida 22-turdan keyin 6 ta g‘alaba, 8 durang va 8 mag‘lubiyat bilan 13-o‘rinda turibdi. 

Avvalroq, Shukurov birinchi liganing ikkita jamoasidan taklif olgan, lekin u faoliyatini yuqori divizionida davom ettirishni istamoqda. "Kojaelispor" va "Goztepe" klublari futbolchimizni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi edi.  

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Pardayev Shavkat
27/01/2024 13:05
Йигитнинг омадини берсин!