
Shomurodovning ustozi eng zo‘ri, deb topildi!
Kuchli beshlik chempionatlaridan biri – A Seriyaning avgust oyidagi eng yaxshi murabbiyi e’lon qilindi.
Unga ko‘ra, Eldor Shomurodov faoliyatini davom ettirayotgan “Roma” jamoasi ustozi Joze Mourino A Seriyaning o‘tgan oydagi eng zo‘r murabbiyi sifatida e’tirof etildi. Portugaliyalik murabbiy qo‘l ostida “bo‘rilar” to‘rtta uchrashuvdan uchtasida g‘olib chiqdi va bir bor durang o‘ynadi.
“Roma” futbolchilari “Salernitana” va “Kremoneze”ni 1:0, liga debyutanti “Montsa”ni 3:0 hisobida mag‘lub etib, Turinda bo‘lgan bahsda “Yuventus” bilan 1:1 hisobida durang o‘ynadi.
Yangi mavsumda Joze Mourino oldiga jamoani Chempionlar ligasiga olib chiqish, Italiya kubogi va Evropa ligasida bosh sovrinni qo‘lga kiritish vazifasi qo‘yilgan.
Fikrlar