
Shomurodovning raqobatchisi kurashga tayyor
“Roma” hujumchilari orasida Eldor Shomurodov va Stefan El-Shaaravi zaxira o‘yinchilari hisoblanadi. Italiyalik forvard jarohat olgani bois, Joze Mourino uchta uchrashuvda o‘zbek hujumchisi xizmatidan foydalandi.
La Gazzetta dello Sport nashrining xabar berishicha, Stefan El-Shaaravi jarohatidan to‘liq qutilgan va ayni paytda 29 yoshli futbolchi 1 oktyabr kuni “Inter”ga qarshi o‘tkaziladigan uchrashuvga tayyorgarlik ko‘rmoqda.
Bundan tashqari, shikastlanib safdan chiqqan 22 yoshli markaziy himoyachi Marash Kumbulla ham barcha muammolarini bartaraf etib, mashg‘ulotlarga kirishdi.
Jarohat tufayli A Seriyaning so‘nggi o‘yinini o‘tkazib yuborgan Paulo Dibala Argentina terma jamoasi chaqiruvini qabul qilib, Rimdan ketgan edi. Mutaxassislarning ta’kidlashicha, “bo‘rilar” etakchisi ham “Inter”ga qarshi o‘yingacha salomatligini tiklab olishga ulguradi.
Fikrlar