Shomurodovni olmasak bo‘lmaydi! Eldor uchun kurashda favorit o‘zgardi

  • 23 yanvar, 17:21
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 2
  • Futbol
CHERY AUTO

Qishki transferlar oynasining so‘nggi kunlarida “Roma” hujumchisi Eldor Shomurodov uchun kurashayotgan klublar orasida “Empoli” favorit sifatida tilga olinayotgan edi.

Tecno

Toskana shahri sharafini himoya qilayotgan klub mutasaddilari 29 yoshli o‘zbek futbolchisini ijaraga olish maqsadida “Roma” bilan muzokaralarni davom ettirmoqda.

Biroq so‘nggi ma’lumotlarga qaraganda, Shomurodovga da’vogarlik qilayotgan klublar raqobatida etakchilik “Venetsiya” tomoniga o‘tdi.

Taniqli insayder Janluka Di Martsioning ta’kidlashicha,  A Seriyada qolish uchun kurashayotgan “Venetsiya” asosiy to‘purari Joel Poxyanpaloni “Palermo”ga transfer qilishga yaqin turibdi. Finlyandiyalik hujumchi venetsiyaliklarning asosiy to‘purari hisoblanadi va joriy mavsum 19 ta uchrashuvda o‘z hisobiga ettita to‘p yozdirib qo‘ygan.

Poxyanpalo yaxshiroq maosh evaziga V Seriyada o‘ynayotgan “Palermo”ga ko‘chib o‘tishga qaror qildi. Ayni paytda ikki klub o‘rtasida muzokaralar ijobiy yakunlanish arafasida turibdi.

“Venetsiya” o‘z to‘purarining o‘rnini to‘ldirish maqsadida nishondagi hujumchilar orasida Eldor Shomurodovni birinchi o‘ringa qo‘ygan va uni “Roma”dan olish imkoniyatlarini o‘rganmoqda.

O‘zbekiston milliy terma jamoasi sardori va “Roma” hujumchisi Eldor Shomurodov atrofidagi vaziyatni boshqa manbalar ham muhokama qilmoqda.

- Qishki transferlar bozori avj olayotgan pallada “Roma”da o‘ynayotgan o‘zbekistonlik forvard Eldor Shomurodov ham ko‘pchilikning diqqat markazida turibdi. Rim klubi mutasaddilari tarkibda jiddiy o‘zgarish qilishga bel bog‘lagan va dolzarb masalalar orasida chiqish transferlari ham bor.

Asosiy to‘purari Joel Poxyanpaloning  o‘rniga Eldor Shomurodovni olib kelishni ko‘zlayotgan “Venetsiya” bu o‘yinchiga qolgan da’vogarlarga qaraganda yaxshiroq moliyaviy imkoniyatlar taklif qilishi mumkin.

Shunga qaramay, raqobat kuchli bo‘ladi. Chunki “Empoli” Eldor Shomurodovni ijaraga olish bo‘yicha poytaxtliklar bilan muzokaralarni boshlab yuborgan.

Demak, transfer oynasining so‘nggi kunlari o‘zbek hujumchisi atrofidagi vaziyat ancha qizg‘in bo‘lishi kutilmoqda, - deb yozdi farantube.it sayti.

Ta’kidlar joizki, A Seriyaning musobaqa jadvalida 21-tur yakunlariga ko‘ra, “Venetsiya” 15 ochko bilan 19-pog‘onani egallab turibdi. Venetsiyaliklar yuqori diviziondagi joyini saqlab qolish uchun vaziyatni o‘zgartirishi shart. Jamoaning hujum chizig‘ida muammo ko‘p. Tarkibdagi uch forvarda faqatgina klubdan ketayotgan Jol Poxyanpalo raqiblar darvozasiga yo‘l topa olgan xolos.

“Empoli” musobaqa jadvalida 20 ochko bilan 15-o‘rinda borayotganiga qaramay, bu jamoani xavfli hududdan atigi bir ochko ajratib turibdi. Roberto D’Aversa shogirdlari ham eng kam gol urgan jamoalardan hisoblanadi. Oldingi chiziqning oltita o‘yinchidan teng yarmi hali ham gollar hisobini ochgani yo‘q.

Eldor Shomurodovga da’vogarlar orasida “Kalyari” ham bor. Biroq Sardiniya klubi o‘zbek futbolchisini jamoaga qaytirish uchun hali aytarli harakatlarga kirishgani yo‘q.

Eslatib o‘tamiz, tajribali legionerimiz joriy mavsumda jami 15 marotaba maydonga tushib, raqiblar darvozasini ikki marotaba ishg‘ol qilgan va jamoadoshlariga bitta golli pas uzatgan. Transfermarkt portali o‘zbekistonlik hujumchini 4 million evroga baholamoqda.

“Manchester Siti” muxlislari Husanovni qanday qabul qildi?

Husanovning transferi o‘zbek futbolchilari uchun Evropaga yo‘l ochadimi?

Shomurodovga “hujum” kuchaydi! Eldor faoliyatini qaerda davom ettiradi?
Husanovning transfer summasi adolatli bo‘lganiga qaramay, bizga alam qilgandi...
Mashhur yulduz Husanovning “Manchester Siti”ga o‘tganini qanday baholadi?

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
+998911709159
23/01/2025 22:06
Кайси командада булсаям уйнасин Элдор уйинларини курайлик
&
Abdulboriy Dilshodbekovich
23/01/2025 20:10
Romada qolsa mayli