Shomurodovga yangi imkoniyat. Abraxam Angliyaga ketdi va uzoq muddat futbolga qaytmaydi!

  • 9 iyun, 2023, 19:17
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 2
  • Futbol
BEPUL PROPAN

Bundan ikki yil muqaddam “Jenoa”dan “Roma”ga 18 million evro evaziga transfer qilingan Eldor Shomurodov uchun “bo‘rilar” safidagi faoliyati muvaffaqiyatli boshlangan edi.

Legionerimiz Jozu Mourino qo‘l ostida o‘rtoqlik uchrashuvlarida raqiblar darvozasini ishg‘ol qilgan va birinchi rasmiy uchrashuvi – Konferentsiyalar ligasi saralash turnirida “Trabzonspor” darvozasiga ham yo‘l topgan edi.

5839f729ae841fb1a04bfc7a3c2434b3_2

Lekin rimliklar “Chelsi”ga sig‘may qolgan yulduz – Temmi Abraxamni 40 million evroga transfer qilganidan keyin o‘zbek hujumchisining ishlari yurishmay qoldi.

Joze Mourino sekin-asta Eldorni zaxiraga mixladi. Shomurodovni imkoniyatini yaxshi bilgan A Seriya jamoalari o‘tgan yili yozda hujumchini so‘rab, “Roma” eshigini taqillatdi. Biroq, rimliklar Mourino talabi bilan Shomurodovni hech kimga bermadi.

Joriy mavsumda vaziyat yanada og‘irlashdi. Mourino jamoaga Andrea Belotti va Paulo Dibalani olib kelganidan keyin Eldor chetga chiqib qoldi. “Roma”da yarim yil davomida atigi olti marta maydonga tushib, bir necha daqiqadan o‘ynagan hamyurtimizni nihoyat qishda “Spetsiya”ga berib yuborishdi.

Shomurodovni asosiy tarkibda chiqarib yuborgan Temmi Abraxamning o‘zi hozir murakkab ahvolga tushib qolgan. Angliyalik hujumchida avvalgi samaradorlik yo‘q. U Paulo Dibala soyasida qolib ketdi.

Joze Mourino klubga Abraxamni sotib yuborishga ruxsat berdi. Rahbariyat yaqinda 25 yoshli futbolchi yozda transferga qo‘yilishini ma’lum qilgandi.

Aksiga olib, Abraxam mavsum oxirida jiddiy jarohat oldi. Endi uni hech bir klub rimliklar istagan summa – 45-50 million evroga transfer qilmaydi.

Tibbiy ko‘rik Abraxamning chap tizzasidagi jarohat og‘ir ekanini aniqladi. Mahoratli  hujumchi jarrohlik stoliga yotishi kerak. Temmi operatsiyani Angliyada – o‘zi yaxshi bilgan Londondagi klinikalardan birida qildiradigan bo‘ldi.

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, Temmi Abraxam jarohatdan qutilib, maydonga qaytishi uchun kamida sakkiz oy futboldan chetda yurishiga to‘g‘ri keladi.

GettyImages-1495952955

Demak, Joze Mourino yozda hujum chizig‘ini tartibga solish bo‘yicha muhim qarorlarni qabul qilishiga to‘g‘ri keladi.

Shu o‘rinda, Eldor Shomurodov ham 30 iyunda “Spetsiya” bilan ijara shartnomasi tugaganidan keyin Rimga, qadrdon klubi ixtiyoriga qaytishi kerak. Joze Mourino Temmi Abraxamning uzoq muddat safdan chiqqani uchun jamoadagi kam sonli markaziy hujumchilardan hisoblangan Eldor Shomurodovga yana imkoniyat berishi kutilyapti.

Shunga qaramay, o‘zbek hujumchisining kelajagi hali mavhum ekanini ham ta’kidlash kerak. Legionerimiz ijara davomida o‘z salohiyatini namoyish qila oldi, deyish qiyin. Chunki Eldor “Spetsiya”da ham boshlang‘ich tarkibdagi joyini yo‘qotib qo‘ydi. Qolaversa,markaziy hujumchining 14 ta o‘yinda atigi bitta gol urib, bitta assist qayd etgani ijobiy ko‘rsatkich emas.

Shomurodov jamoasi boshqa joyda o‘ynaydi!

Shomurodov keyingi mavsumni qaerda boshlaydi?

Ronaldu Masharipovga nimalarni o‘rgatdi?

Bu terma jamoada Shomurodov yo‘q!

Bahaybat futbolchi tezlikda Shomurodovga etib oldi

Shomurodov va Nzola "Milan"ga qarshi jasorat ko‘rsatishi kerak!

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Pardayev Shavkat
10/06/2023 15:51
Элдор ҳаммани ҳурмат қилади, аммо , ўзини ҳурмат қилмайди. Қўрқади.
Қўрқса, ўйнай олмайди.
Ilhomjon Feyz
09/06/2023 23:14
Гўнгда ўсган гул, тупроқда ўсмас эканда.. а.