
"Roma"ni tez orada ikki futbolchi tark etadi!
Italiyaning mashxur "Corriera della Sport" nashrining ma’lum qilishicha, "Roma" aniq strategiyaga amal qilmoqda: avval tarkibni qisqartirib, maoshlar fondini engillashtirmoqchi, so‘ngra Gasperini, Massara va Raneri o‘rtasidagi munosabatdardan foydalanib, yangi transferlarga jiddiy e’tibor qaratmoqchi. Klubni keyingi bo‘lib kim tark etadi? Barcha belgilar Shomurodov va Paredes ketishiga ishora qilmoqda.
"Istanbul Bashakshehir" Shomurodovga jiddiy qiziqish bildirmoqda. Bitim 7-8 million evro atrofida tuzilishi mumkin. Bu summa "Roma"ga 2021 yilda "Jenoa"dan sotib olingan Eldor uchun sarflangan mablag‘ni qisman qoplash imkonini beradi.
Shomurodov Raneri qo‘l ostida kutilmaganda "Roma" asosiy tarkibining doimiy o‘yinchisiga aylanib, bir qator xorijiy klublar e’tiborini tortdi. Bundan tashqari, 29 yoshli futbolchi O‘zbekiston terma jamoasining haqiqiy yulduziga aylanib, jamoani Jahon chempionatiga ilk bor yo‘llanma olishiga hissa qo‘shdi. Biroq, endi Shomurodovning Rimdagi sarguzashtlari yakuniga etayotganga o‘xshaydi. Bu uning jamoani tark etishi haqidagi dastlabki mish-mishlar emas: qishda u "Venetsiya"ga o‘tishga yaqin edi, o‘tgan yoz esa MLSning "Atlanta" klubiga yo‘l olishiga bir qadam qolgandi.
"Boka Xuniors"ga qaytishga yaqinlashayotgan Leandro Paredes ham tez orada klubdan ketadi. Yarim himoyachi jamoa prezidenti Rikelme tomonidan taklif qilingan, bir mavsumda taxminan 2 million evro qiymatidagi uch yillik shartnomani qabul qildi. Ular so‘nggi haftalarda bir necha bor uchrashdi. Biroz muddatdan so‘ng, Paredes yakuniy taklifga ko‘ndi. Bir necha oy davom etgan voqea tez orada yakuniga etadi. Bu jarayon "Roma" bilan shartnomani uzaytirishda kiritilgan va faqat Buenos-Ayres klubi uchun amal qiladigan taxminan 3 million evrolik shartnomani bekor qilish bandi tufayli amalga oshadi.
Fikrlar