
Shomurodov "Roma"ni "Kalyari"ga almashtirishga yaqin turibdi
"Roma" futbolchisi Eldor Shomurodov faoliyatini Italiyaning boshqa jamoasida davom ettirishga yaqin turibdi. Bu haqda "RomaPress" nashri xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, hujumchimiz "Kalyari" qiziqishlari doirasida bo‘lib turibdi. Klub uni sotib olish sharti bilan ijaraga olmoqchi.
Rimliklar ham legionerimizning ketishiga qarshi emas. Transfer summasi hal bo‘lsa, biz tez orada Eldorni "Kalyari"da ko‘rishimiz ehtimoli yuqori.
Fikrlar