Shomurodov masalasi hal bo‘ldi!

  • 1 fevral, 15:00
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 2
  • Futbol
BEPUL PROPAN

“Roma” rahbariyati Eldor Shomurodov bo‘yicha rejalarini o‘zgartirdi. Klub mutasaddilari qishki transferlar vaqtida o‘zbek futbolchisi xizmatidan to‘liq voz kechmoqchi edi.

29 yoshli markaziy hujumchini qo‘lga kiritish uchun “Kalyari”, “Empoli” va “Venetsiya” oxirigacha kurash olib bordi.

Ayniqsa, “Kalyari” klubi o‘tgan yili o‘zbek futbolchisi yordamida yuqori diviziondagi o‘rnini saqlab qolganini inobatga olib, yana Eldorni o‘z safiga qo‘shib olishga harakat qildi. Sardiniyaliklar Shomurodovning transferini amalga oshirish uchun Janluka Lapadulaning ketishini kutdi.

Nihoyat, perulik futbolchi “Spetsiya”ga o‘tdi, sardiniyaliklar “Roma” bilan hal qiluvchi muzokaraga kirishishga tayyorligini bildirdi.

“Venetsiya” esa, Shomurodovni qo‘lga kiritish uchun rimliklarning talabini qabul qilgan yagona jamoa bo‘ldi. Venetsiyaliklar o‘zbek futbolchisini keyinchalik 3,5 million evroga sotib olish sharti bilan yarim mavsumga ijaraga olishga ko‘ndi.

“Roma” bosh murabbiyi Klaudio Raneri tarkibda Artyom Dovbik va Eldor Shomurodovdan boshqa markaziy hujumchi yo‘qligini inobatga olib, klub xo‘jayinlaridan o‘zbek futbolchisining transferini Evropa ligasida “Ayntraxt” bilan bo‘ladigan o‘yindan keyin rasmiylashtirishni so‘radi.

Ana shu uchrashuvda Shomurodovning kelajagiga oydinlik kiritildi. Eldor muhim gol urib, jamoasini keyingi bosqichga chiqishini ta’minladi, Klaudio Raneri bu darajadagi forvardga ehtiyoji borligini aytib, uning transferini blokladi.

Nufuzli manba – Sky Sport nashri bu masala bo‘yicha Rim klubining yakuni qarorini e’lon qildi. Taniqli jurnalist Luka Marketti Sky Sport vakillariga bergan intervyusida “Roma” Eldor Shomurodov nomini transfer qilinadigan o‘yinchilar ro‘yxatidan chiqarganini ma’lum qildi.

- “Roma” Eldor Shomurodovni transfer bozoridan chiqardi. O‘zbek hujumchisining Evropa ligasidagi goli klub rahbariyatini unga bo‘lgan ishonchini qayta uyg‘otdi va uning o‘rniga boshqa hujumchi olishga hojat yo‘qligini ko‘rsatdi.

Shunday qilib, Lapadula bilan xayrlashgan “Kalyari” ham,  transfer majburiyatini bo‘yniga olgan “Venetsiya” ham Eldor Shomurodovdan quruq qoldi, - deb yozdi tuttocagliari.net portali eksperti Jankarlo Kornakkia.

Eldor Shomurodovning “Roma”da qolishi boshqa nufuzli manbalar ham tasdiqladi. Xususan, “Roma” faoliyatini yoritishga ixtisoslashgan laroma24.it sayti bu borada quyidagicha xabar chiqardi.

-  Yaqingacha Eldor Shomurodovning klubdan ketishi haqidagi xabarlar dolzarb bo‘lib turganiga qaramay, o‘zbek hujumchisi poytaxtda qoladigan bo‘ldi. Bir necha manbalarning ma’lum qilishicha, “Roma” mutasaddilari 29 yoshli forvardning kelajagini muhokama qilgan. Ular Eldor Shomurodovni tarkibda olib qolish bo‘yicha bir qarorga keldi, - deb yozdi laroma24.it sayti.

Eldor Shomurodov endi bor e’tiborini “Roma”ga qaratadi. O‘z navbatida, futbol ekspertlari va muxlislari “Udineze” va “Ayntraxt”ga qarshi uchrashuvlardagi g‘alabaga katta hissa qo‘shgan futbolchiga Klaudio Raneri bundan buyon ko‘proq o‘yin amaliyoti berishini kutmoqda.

Legionerimiz joriy mavsumda A Seriya, Italiya kubogi va Evropa ligasi doirasida 17 ta uchrashuvda maydonga tushdi va jami 378 daqiqa maydonda harakat qildi. Shunga qaramay, Eldor uchta gol va bitta assist muallifi bo‘ldi.

Shomurodovni bezovta qilmang! Eldor bo‘yicha “Roma”ga bosim bo‘lyapti...

Shomurodovning tarafdorlari oyoqqa turdi!

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
+998911709159
02/02/2025 17:53
Omad Eldor
&
Olim
01/02/2025 15:16
Энди гол уришни тўхтатмай бос Элдор.