
Shomurodov kechagi o‘yinda "Jenoa"ning eng past ball olgan futbolchisi bo‘ldi (foto)
Italiya A Seriyasi 28-turidan o‘rin olgan uchrashuvni "Jenoa" mehmonda o‘tkazdi. Autsayder "Parma" maydoniga safar qilgan genuyaliklar 2:1 hisobida g‘alaba qozondi.
Eldor Shomurodov ushbu bahsni asosiy tarkibda boshladi va ikkinchi taym avvalida zaxiraga olindi. Uning o‘rniga maydonga tushgan Janluka Skamakka dubl qayd etib, jamoasiga g‘alaba keltirdi.
Italiya futbolini yoritishga ixtisoslashgan "La Gazette dello Sport" nashri hamyurtimizni ushbu harakatlari uchun 5 ballga loyiq ko‘rdi. Ma’lumot uchun, bu "grifonlar" tarkibidagi eng yomon ko‘rsatkich hisoblanadi.
Fikrlar