
Shomurodov “Jenoa”da hech kim kutmagan raqamda o‘ynaydi
“Jenoa” tarkibiga ko‘chib o‘tgan Eldor Shomurodov 9-raqamda to‘p surishi haqida xabarlar tarqatilgan edi.
“Rostov” faoliyatini yoritayotgan Twitter sahifasining xabariga tayanib, ma’lumot tarqatayotgan ommaviy axborot vositalarining ma’lum qilishicha, o‘zbekistonlik hujumchi “Jenoa” safida 61-raqamda to‘p surar ekan.
61 – Rostov viloyatining mintaqaviy raqami. Eldor yangi jamoasida aynan shu raqamda o‘ynaydi!, - deyiladi xabarda.
"Jenoa"da 9-raqamda yana bir yangi futbolchi - Janluka Skamakka to‘p tepadigan bo‘ldi. Eldorning O‘zbekiston milliy terma jamoasi va "Rostov"da o‘ynagan 14-raqami "Jenoa"da Davide Biraski tomonidan band qilingan.
Fikrlar