Shomurodov eng oxirida, Husanov esa yo‘q!

  • 6 noyabr, 2023, 21:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Transferlarga ixtisoslashgan Transfermarkt portali kuchli beshlik ligalari – Angliya, Italiya, Ispaniya, Frantsiya va Germaniya chempionatlarida o‘ynayotgan sobiq ittifoq hududidan etishib chiqqan futbolchilar reytingini e’lon qildi.

Tecno

Nufuzli portal ekspertlari bu galgi reytingni 2023-2024 yilgi mavsumda futbolchilarning “gol+pas” tizimi bo‘yicha qayd etgan natijalariga qarab shakllantirdi.

Unga ko‘ra, bugungi kunda eng yaxshi natijani Ispaniya chempionatida ko‘pchilikni hayratga solib, yuqori o‘rinlar uchun kurashayotgan “Jirona” jamoasi sharafini himoya qilayotgan Artyom Dovbik ko‘rsatmoqda. Ukrainalik hujumchi hozircha 13 ta uchrashuvda maydonga tushib, oltita gol va beshta assist muallifi bo‘ldi va “gol+pas” tizimida 13 ochko jamg‘ardi.

artyom-dovbik-vtoroj-v-la-lige-po-sisteme-gol-pas-luchshe-tolko-bellingem-iz-reala_16991298951000338647

“Napoli”ning chempionligiga katta hissa qo‘shgan Xvicha Kvaratsxeliya bu gal o‘tgan mavsumchalik samarali o‘ynay olmayotgan bo‘lsa-da, natijalari qolganlarnikidan ancha yaxshi. Gruziyalik hujumkor futbolchi o‘n bitta uchrashuvda ishtirok etib, o‘z hisobiga uchta gol va beshta golli pas yozdirib qo‘ydi.

Rossiya vakili Aleksandr Golovin kuchli uchlikni yakunlab turibdi. “Monako” etakchisiga aylangan yarim himoyachi to‘qqizta o‘yinda 7 ball to‘plagan. Golovin mavsum boshlanganidan beri beshta gol urib, ikkita samarali to‘p oshirdi.

Kuchli o‘nlikdan o‘rin olgan futbolchilar ro‘yxati quyidagicha ko‘rinish oldi:

 

  1. Artyom Dovbik (“Jiron”, 6+5, 13 ta uchrashuv).

 

  1. Xvicha Kvaratsxeliya (“Napoli”, 3+5, 11 ta uchrashuv).

 

  1. Aleksandr Golovin (“Monako”, 5+2, 10 ta uchrashuv).

 

  1. Genrik Mxitaryan (“Inter”, 2+3, 14 ta uchrashuv).

 

  1. Jorj Mikautadze (“Metts”, 2+1, 3 ta uchrashuv).

 

  1. Viktor Tsigankov (“Jirona”, 2+1, 11 ta uchrashuv).

 

  1. Mixail Mudrik (“Chelsi”, 2+0 9 ta uchrashuv).

 

  1. Daler Kuzyaev (“Gavr”, 2+0, 10 ta uchrashuv).

 

  1. Grant-Leon Ranos (“Borussiya” Myonxengladbax, 1+1, 3 ta uchrashuv).

 

  1. Sarkis Adamyan (“Kyoln”, 1+1, 6 ta uchrashuv).
  2.  

Umuman olganda, kuchli beshlik ligalarida o‘ynayotgan sobiq ittifoq hududidan chiqqan futbolchilarning soni bundan ko‘p. Reytingga faqatgina gol yorgan yoki golli pas uzatgan o‘yinchilargina kiritildi.

Yuqorida keltirilgan kuchli o‘nlikdan tashqari yana uch nafar futbolchi umumiy reytingdan o‘rin olgan.

photo_2023-11-05_14-00-16

Ko‘rinib turibdiki, joriy mavsumda 11 ta uchrashguuvla qatnashib, atigi bitta golli pas uzatgan “Kalyari” hujumchisi Eldor Shomurodov so‘nggi – 13 pog‘onada qayd etilgan.

Kuchli beshlik chempionatlaridagi ikkinchi vakilimiz – Abduqodir Husanov esa, hali samarali harakatlarni amalga oshirmagani uchun reytingga kiritilmadi. “Lans” a’zosi hisoblangan 19 yoshli markaziy himoyachimiz mavsum davomida atigi ikki marta maydonga tushdi.

“Mets” va “Lill” jamoalariga qarshi boshlang‘ich tarkibda to‘p tepgan iste’dodli futbolchimizning o‘yini muxlisu mutaxassislarga manzur kelgan bo‘lsa-da, lansliklar bosh murabbiyi Frank Xeyz qolgan uchrashuvlarda Husanovni zaxirada olib qolmoqda.

O‘zbek futbolchisi “Oltin to‘p” masalasida Messiga murojaat qildi (foto)

TsSKAni Fayzullaev ushlab turibdi yoxud ekspertlar Abbosning o‘yinini qanday baholayapti?

Nima bo‘lganini Fayzullaevdan so‘ranglar!

Fayzullaev o‘zbek futbolining kuchli jihatini aytdi

Futbolchilarimizni “Bavariya” skautlari kuzatdi...

Fayzullaev: Boshida meni ortga qaytarib yubormoqchi bo‘lishgan edi...

Shomurodov boshqa ligaga o‘tishi mumkin

Fayzullaev Portugaliya, Nidelandiya grandlari, turklar va arablar takliflarini qabul qilmadi

Fayzullaevni emas, Messini maqtang!

Fayzullaev meni qattiq xafa qildi

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!