Shomurodov bu jamoani qutqarishni istamadi!

  • 3 dekabr, 2022, 17:08
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Italiya futbolini yoritib borayotgan https://www.pagineromaniste.com  sayti Eldor Shomurodov o‘ziga qiziqish bildirayotgan jamoalardan birining taklifini rad etganini haqida xabar tarqatdi.

Tecno

Aslida Shomurodovni A Seriya musobaqa jadvalining ikkinchi qismida joylashgan jamoalar – “Torino”, “Bolonya”, “Kremoneze”, “Montsa”, “Spetsiya” va “Sampdoriya” o‘z safiga chorlayotgan edi. Eldorni yanvarda transfer qilmoqchi bo‘layotgan bBu jamoalar orasida “Kremoneze”ning imkoniyati yuqori baholanayotgan edi. Chunki bu klub “Roma” bilan do‘stona aloqaga ega va yaqinda rimliklardan ikki nafar futbolchini transfer qilgan edi.

Italiyalik insayder Mikele Krinitelloning ijtimoiy tarmoqlar orqali tarqatgan xabarda ta’kidlashicha, Eldor Shomurodov “Kremoneze”ning taklifini qabul qilmagan. Manba o‘zbek futbolchisi “Torino”ga o‘tishga moyillik bildirayotgani haqida ma’lumot bergan.

BIG-shomurodov-roma-yokohama-1

Ta’kidlash joizki, “Torino” Shomurodovga qiziqayotgan jamoalar orasida eng kuchlisi. Turinliklar musobaqa jadvalida hozircha to‘qqizinchi o‘rinda bormoqda. Keyingi yillarda bu klub Evrokuboklar yo‘llanmasi uchun kurashib kelyapti.

“Kremoneze” jamoasi esa hali A Seriyaga to‘liq moslashib ulgurganiga yo‘q. Joriy chempionatda 15 ta uchrashuvda ishtirok etgan bu jamoa biror marotaba g‘alaba qozonishni uddalay olmadi. Ular atigi etti ochko bilan 18-pog‘onada qayd etilgan va kelasi yarim yilni yuqori diviziondagi joyini saqlab qolish uchun sarflaydi.

Bundan tashqari, “Kremoneze” hujum chizig‘i kuchsiz bo‘lgan ikki jamoadan biri. Bu klub futbolchilari mavsum boshidan beri atigi 11 ta to‘p kiritgan.

Eldor Shomurodovga og‘iz solayotgan jamoalardan yana biri musobaqa jadvalida xavfli hududga tushib qolgan.  “Sampdoriya”  faqat bitta g‘alaba  va uchta durang bilan 19-qatorda qayd etilgan. Genuyaliklar chempionat boshidan beri atigi oltita gol urgani bu jamoa hujum chizig‘ida katta muammolar borligidan dalolat beradi.

“Spetsiya” va “Montsa” xavfli hududdan unchalik uzoqlashgani yo‘q. Bu jamoalarning ham oldingi chizig‘idagi samaradorlik ancha past.

“Roma” rahbariyati yaqinda “Budyo-Glimt” hujumchisi Ola Solbakkenning transferini ijobiy hal qildi. Shundan so‘ng, klub mutasaddilari Eldor Shomurodov bilan xayrlashishga tayyor ekanliklarini bildirishdi.

Shomurodov yaxshi sport formasida bo‘lishiga qaramay, Joze Mourino rasmiy uchrashuvlarda Temmi Abraxam, Paulo Dibala, Andrea Belotti, Nikolo Dzanolodan foydalanmoqda. Shu bois,hujumchimiz deyarli o‘yin amaliyotisiz qolgan.

Yangi mavsumda Eldor atigi sakkiz marotaba maydonga tushib, jami ikki soatdan ko‘proq to‘p tepdi va o‘z hisobiga bitta gol yozdirib qo‘ydi.

NuEHKjrHYqegNf7

“Roma” bilan 2026 yilning 30 iyuniga qadar davom etadigan shartnomaga ega futbolchimizning transfer summasi 7 million evroni tashkil qiladi. Biroq, rimliklar uni yozda “Bolonya”ga 10 million evroga qo‘yib yubormagan edi.

Corriere dello Sport: Mourino Shomurodov “Roma”ga kelishini bilmagan!

“Roma” Shomurodov vaziyatiga oydinlik kiritdi!

Shomurodov uchun kurashda asosiy favorit nomi aniq bo‘ldi

"Roma"ni qutqargan Shomurodovning o‘yini qanday baholandi?

Vaziyat Shomurodov istagandek emas!

Shomurodovning goli “Roma”ni mag‘lubiyatdan qutqardi. Endi Mourinoning munosabati o‘zgaradimi?

O‘runov jamoasiz qolganining haqiqati ochildi!

Shomurodov va Abraxamdan keyin Dibala ham “Roma”dan ketadigan bo‘lyapti!

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!