Shomurodov ana endi o‘ziga mos murabbiy va jamoa topdi!

  • 23 iyul, 2023, 14:34
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 3
  • Futbol
CHERY AUTO

A Seriyaga qaytgan “Kalyari” hujum chizig‘ini Eldor Shomurodov bilan kuchaytirishga yaqin turibdi. Italiya matbuoti bu transfer debyutant jamoaga 10 million evroga tushishi mumkinligini yozmoqda.

Tecno

Joriy yil boshidan beri “Kalyari”ni Klaudio Raneri boshqarmoqda. Bu mutaxassis 2016 yili “Lester Siti”ni Angliya chempioniga aylantirgani bilan mashhur. O‘shanda italiyalik murabbiy jamoa hujumchisi Jeymi Vardining to‘purarlik mahoratini kashf qilgan edi.

5e25fa30783cf4912a5464f238e6c011-quality_70Xresize_1Xallow_enlarge_0Xw_835Xh_0

Endi muxlisu mutaxassislar Klaudio Raneri Joze Mourino qo‘l ostida o‘yini bo‘g‘ilib qolgan Eldor Shomurodovning ham yangi qirralarini ocha olishiga ishonmoqda.

Sports.uz portali italiyalik muxlislarning Eldor Shomurodovdan Klaudio Raneri futbolchisi sifatida nimalarni kutayotgani haqidagi fikr-mulohazalarini o‘zbekistonlik futbol ishqibozlari e’tiboriga havola qiladi.

Carlop97:

Klaudio Raneri qo‘l ostida Shomurodov kamida o‘ntadan gol ura boshlaydi.

Fabio Pasina:

Ana endi “Roma” hujumida kamchilik yuzaga keladi. Hozir ko‘p jarohat oladigan Paulo Dibala va kam gol urayotgan Andrea Belottiga suyanishimizga to‘g‘ri keladi. Bir juft zo‘r hujumchi olish uchun pul etmaydi. Shu holatda 18 million evroga xarid qilingan Shomurodovdan voz kechyapmiz. Eldorni hech bo‘lmaganda zaxiradan maydonga tushirish uchun ham olib qolish kerak edi.

Jekke:

O‘zbek hujumchisi yangi mavsumni avvalgisidan yaxshi o‘tkazishiga va o‘z jamoasini topishiga umid qilamiz.

jabali59:

“Roma” muxlisi bo‘lsam ham, Klaudio Raneri, “Kalyari” va Eldor Shomurodovga eng yaxshi tilaklarimni bildirib qolaman. Biz yaxshi chempionat tarafdorimiz.

NoppiliF:

Eldor, sen ishonchli  qo‘llardasan. Klaudio zo‘r inson va ajoyib murabbiy.

CM 889983:

E’tibor bering, shartnomada sotib olish huquqi ko‘rsatilgan, transfer majburiyati emas. Raneri qo‘l ostida ishlari yurishmasa, Eldor yana “Roma”ga qaytishi mumkin.

Antonio Senesi:

“Jenoa”da Shomurodov har doim gol urardi va chempionatni yuqori saviyada o‘tkazgan edi. Lekin “Roma”da pasayish yuz berdi va bu “Spetsiya”da ham davom etdi.

Endi Eldor o‘ziga mos jamoa – “Kalyari”ni tanladi. Menimcha, bu jamoada o‘ziga bo‘lgan ishonchi yana ortadi va avvalgidek zo‘r hujumchiga aylanadi.

Jekke:

Shomurodov Rimga kelganida Joze Mourino unga o‘zini ko‘rsatishi uchun umuman imkoniyat bermadi. Keyinchalik ham Feliks Afena Gyanga e’tibor qaratdi.

jabali59:

Agar buyuk murabbiy Kladio Raneri o‘zbek futbolchisi bilan muvaffaqiyatga erishsa, ular uchun xursand bo‘laman. Omad tilayman!

CM 281717:

Shomurodov g‘alati futbolchi. U “Jenoa”da zo‘r o‘ynadi. Lekin “Roma” va “Spetsiya”da o‘sha o‘yinini ko‘rsata olmadi. Janob Raneri Eldorni yana cho‘qqiga olib chiqadi.

Vxl 865968:

Men Eldor Shomurodov “Kalyari”da o‘z o‘yinini topib olishiga ishonman.

Shomurodov_MP1_3821-1536x1024

Massimorossoblu:

Klaudio Raneri o‘z vaqtida “Lester” futbolchisi Jeymi Vardini oddiy o‘yinchidan zo‘r to‘purarga aylantirgan edi. Endi undan huddi shu ishini “Kalyari”ga Shomurodovni olib kelib, yana bir takrorlashini kutib qolamiz.

“Roma” muxlislari Shomurodov transferiga qanday munosabatda?

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Махмуд1966
23/07/2023 18:37
Раньери кучли мотиватор ва психолог мураббий!
Иншааллох, энди элдор узига кеволади!
&
Olimov shavkat
23/07/2023 16:07
Sal o'ylab yozgin shomani qanaqa futbolchiligini billmas ekan San hali hammaga ko'rsatib qo'yadi man bunga ishonaman
Шухрат Хусаинов
23/07/2023 15:45
Сан Шуртанга лойиксан Шомуродов