
Shomurodov, Ahmedov va Musaev terma jamoa lageriga kelib qo‘shildi
Milliy terma jamoa bugun Turkiyaga yo‘l olish oldidan poytaxtdagi oxirgi mashg‘ulotini o‘tkazdi. Bugungi mashg‘ulot ham "Jar" stadionida o‘tkazildi. Unda milliy chempionatimizda to‘p surayotgan futbolchilar bilan bir qatorda legionerlardan Odil Ahmedov, Eldor Shomurodov hamda Fozil Musaev ishtirok etdi. Bu haqda O‘FA rasmiy sayti xabar berib o‘tdi.
Ta’kidlash joiz, ertaga terma jamoamiz vakillari o‘rtoqlik o‘yinida maydonga tushish uchun Turkiyaga yo‘l olishadi.
Turkiya – O‘zbekiston milliy terma jamoalari o‘rtasidagi o‘rtoqlik o‘yini 2 iyun kuni soat 23:00da Alanya shahridagi "Alanya Stadium" o‘yingohida bo‘lib o‘tadi.
Fikrlar